Lolazor Podcast

40 Episodes
Subscribe

By: Otabek Bakirov, Muhrim A'zamxo'jayev, Qobil Xidirov, Xushnudbek Xudayberdiyev, Lazizbek Hamidov

Different views on surrounding realities

✂️ Clip this podcast
#77 BU YIL HAM METANGA NAVBAT BO‘LADIMI? | Lolazor podcast
#77 BU YIL HAM METANGA NAVBAT BO‘LADIMI? | Lolazor podcast episode artwork
Today at 7:00 AM

Podkastimizning 77-sonida haftaning dolzarb masalalarini muhokama qildik. Xususan, O‘zbekiston pochtasi ishonchli boshqaruvga berilishi va davaktiv matbuot anjumani, taksi monopoliyasi, kartografiya muhimligi, almashayotgan hokimlar, tariflar oshirlishi va maktablar yetishmovchiligi haqida so‘z bordi. 



#76 NODIRBEK ABDUSATTOROV – OLIMPIADA, O‘ZBEK SHAXMATI KELAJAGI VA JAVOHIR SINDAROV HAQIDA | Lolazor
#76 NODIRBEK ABDUSATTOROV – OLIMPIADA, O‘ZBEK SHAXMATI KELAJAGI VA JAVOHIR SINDAROV HAQIDA | Lolazor episode artwork
#76
10/11/2026

Podkastimizning navbatdagi mehmoni – shaxmat yulduzi Nodirbek Abdusattorov. Biz shaxmat bo‘yicha ikki karra olimpiada chempioni bilan Samarqandda o‘tgan turnir, chempionlik olib kelgan ishlanmalar, Rustam Qosimjonov murabbiyligi, Javohir Sindarovning Jahon toji uchun tayyorgarligi va imkoniyatlari, o‘zbek shaxmatining hoziri va kelajagi hamda boshqa qiziqarli mavzularda suhbatlashdik. Shuningdek, Nodirbek Abdusattorov birinchi marta bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan uchrashuvi haqida gapirib berdi.


#75 QAYSI VAZIRLIK BINOLARINI MAKTAB QILSA BOʻLADI? — Lolazor podcast
#75 QAYSI VAZIRLIK BINOLARINI MAKTAB QILSA BOʻLADI? — Lolazor podcast episode artwork
#75
10/05/2026

Podkastimizning 75-sonida navbatdagi iPhone Air g‘olibi aniqlandi. Biz davlat aktivlarining xususiylashtirilishi, shaxmat olimpiadasi va u bizga yana bir bor eslatib ketgan ochiq osmon muammosi, vazirliklarning binolarini maktabga aylantirish, metro vagonlari hamda avtobuslar va boshqa dolzarb mavzularda suhbatlashdik. Shuningdek, biroz kech bo‘lsa-da, o‘tgan bayram munosabati bilan ustozlarimizni birma-bir esladik. 

00:00 – Tizer
01:22 – iPhone Air sovrindorini aniqladik
07:10 – Hududlarda suv o‘chirilishi
11:03 – Tariflarning oshirilishi haqida
28:53 – Davlat aktivlarini xususiylashtirish 
38:40 – Futbolchilar ham daromad solig‘i to‘lashi kerak
43:24 – Ustozlarimizni esladik
01:13:26 – O‘qituvchi boy bo‘lishi kerak
01:21:46 – Qaysi vazirlik binolarini maktab qilsa bo‘ladi?
01:28:56 – Shaxmat olimpiadasi qan...


#74 MIRSHAKAR FAYZULLOYEV — O‘ZBEKCHA YUMOR, SENZURA VA STENDAP BIZNESI HAQIDA | Lolazor podcast
#74 MIRSHAKAR FAYZULLOYEV — O‘ZBEKCHA YUMOR, SENZURA VA STENDAP BIZNESI HAQIDA | Lolazor podcast episode artwork
09/27/2026

Podkastimizning navbatdagi sonida Mirshakar Fayzulloyev mehmon bo‘ldi. Biz komik bilan O‘zbekistondagi stendap madaniyati, “Sahna” klubi faoliyati, so‘z erkinligi va yumor chegaralari, sohada yangi yuzlarning paydo bo‘lishi va yumorni monetizatsiya qilish masalalari atroflicha muhokama qilindi. 

00:00 – Tizer
01:29 – Boshladik
04:40 – “Sahna” stendap klubi
23:26 – So‘z erkinligi va yumor
24:36 – Majaqlangan “Gentra” tarixi
29:10 – Senzura va yumor
34:03 – Nega yangi yuzlar kam?
37:07 – Tajriba va o‘rganish
41:37 – Stendap bilan pul ishlasa bo‘ladimi?
50:49 – Viloyatlarda konsert masalasi
54:44 – Yaqin kelajakdagi rejalar
01:03:33 – Hazil yozishda senzura kim/nima?
01:11:50 – Kontekstli va pozitsiya bildirilgan hazillar
01:28:36 – Tajriba almashish
01:38:00 – Komik bo‘lish uchun ni...


#73 PENSIYA YOSHI NEGA OSHIRILYAPTI? JAMG‘ARMA DIREKTORI BILAN SUHBAT | Lolazor podcast
#73 PENSIYA YOSHI NEGA OSHIRILYAPTI? JAMG‘ARMA DIREKTORI BILAN SUHBAT | Lolazor podcast episode artwork
#73
09/16/2026

Podkastimizning navbatdagi mehmoni Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktori Murodbek Atadjanov bo‘ldi. Biz u bilan kecha muhokamaga qo‘yilgan katta farmon loyihasi haqida gaplashib, tizimdagi o‘zgarishlar haqida batafsil suhbatlashdik. Xususan, Murodbek Atadjanov nega aynan hozir tizimda o‘zgarishga qo‘l urilgani, pensiya yoshi nega oshirilayotgani, jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi, xususiy va korporativ pensiya jamg‘armalari, o‘zini o‘zi band qilganlar uchun o‘zgarishlar va boshqa dolzarb masalalarga oydinlik kiritdi. 

00:00 – Tizer
01:24 – Pensiya tizimida nimalar bo‘lyapti?
09:07 – Nega pensiya islohoti amalga oshirilyapti?
16:19 – Eng asosiy 5 o‘zgarish
46:27 – Pensiya yoshi nega oshirilyapti?
01:00:20 – Pensiyaning budjetga yuklamasi
01:0...


#72 QIZAMIQ MOJAROSI, PARKOVKA JARIMASI VA SOTILAYOTGAN BOG‘CHALAR | Lolazor podcast
#72 QIZAMIQ MOJAROSI, PARKOVKA JARIMASI VA SOTILAYOTGAN BOG‘CHALAR | Lolazor podcast episode artwork
#72
09/15/2026

Podkastimizning 72-sonida asosiy muhokama mavzusi yaqinda sodir bo‘lgan qizamiq mojarosi bo‘ldi. Biz ushbu mavzu atrofida turli nazar tashladik, mutasaddilardan ayrim raqamlarni oldik va shu haqda gaplashdik. Bundan tashqari, Senat ma’qullagan alifbo, parkovka uchun jarima, sotilayotgan maktab va bog‘chalar haqida suhbatlashdik. Aytgancha, va nihoyat biz Otabek Bakirov va obunachimizga iPhone Air’ni topshirdik. Video davomida Otabek Bakirovning g‘alabasiga hissa qo‘shganlarni yaxshi yangilik kutib turibdi.

00:00 – Tizer
02:03 – Senat yangi alifboni ma’qulladi
17:30 – Qizamiq mojarosi
29:39 – Sotilayotgan ijtimoiy obyektlar
48:03 – Talabalarsiz shahar shaharmi?!
56:23 – Pisa natijalari
01:13:50 – Yana alifbo
01:17:27 – Parkovka uchun jarima
01:28:00 – iPhone Air’larni...


#71 KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH, VIZA MASALASI VA BOJ YENGILLIGI | Lolazor podcast
#71 KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH, VIZA MASALASI VA BOJ YENGILLIGI | Lolazor podcast episode artwork
#71
09/05/2026

Podkastimizning 71-sonida hafta davomida sodiq bo‘lgan eng muhim voqea va hodisalarni muhokama qildik. Xususan, kambag‘allikni qisqartirish, hokim yordamchilari faoliyati, Hindiston va Tailand bilan viza masalalari, ShHT sammiti va uning atrofidagi gaplar, bojlar kamaytirilgani hamda boshqa qiziqarli va dolzarb mavzularda suhbatlashdik.  

Mundarija:

00:00 – Tizer
01:29 – Boshladik, izohlarni o‘qiymiz
11:51 – Kambag‘allikni qisqartirish
18:20 – Bolalar bog‘chasi va suyunchi puli
28:39 – Hokim yordamchilari qanday ishlashi kerak?
40:32 – Bir kishini kambag‘allikdan chiqarish narxi
57:05 – Biznesni xatlovdan o‘tkazish
01:04:06 – Viza masalalari
01:26:03 – Bojlar yengilligi
01:35:57 – ShHT sammitining qanday ahamiyati bor?
01:57:15 – Sobiq prezidentlar xotirasi
02:01:48 – “Glinka” ko‘chasidagi holat
02:03:22 –...


#69 PREZIDENT BILAN UCHRASHUV, MUDDATLI TOʻLOVDA OʻZGARISHLAR VA OSHIB KETGAN KIRISH BALLARI
#69 PREZIDENT BILAN UCHRASHUV, MUDDATLI TOʻLOVDA OʻZGARISHLAR VA OSHIB KETGAN KIRISH BALLARI episode artwork
09/03/2026

Podkastimizning 69-sonida biz prezident va tadbirkorlar uchrashuvi tafsilotlari, unda ko’tarilgan masalalar saviyasi, davlat rahbari oldida qanday chiqish qilish kerakligi, kirish imtihonlari qanday o’tganligi, oliy ta’limning ahamiyati hamda boshqa qiziqarli va dolzarb mavzularda suhbatlashdik.


#70 MUSTAQILLIK BAYRAMI, SIYOSIY BAYONOT VA 300 MLRDLI MARRA | Lolazor podcast
#70 MUSTAQILLIK BAYRAMI, SIYOSIY BAYONOT VA 300 MLRDLI MARRA | Lolazor podcast episode artwork
#70
08/31/2026

Podkastimizning yubiley 70-soni Mustaqillik bayramiga to‘g‘ri keldi. Ushbu sonda biz Mustaqillik bayrami, undagi siyosiy nutq va yangi marralar, tariximizdan uyalmaslik, sud-huquq tizimi va boshqa dolzarb mavzularda suhbatlashdik. Shuningdek, video davomida navbatdagi mehmonlarimizni anons qildik va oldingi songa yozilgan izohlarni ham o‘qidik. 

00:00 – Tizer
01:28 – Izohlarni o‘qidik
11:25 – Hokimlarning gaplari
15:44 – Ishsizlikni nolga tushirish mumkinmi?
25:32 – Mustaqillik bayrami qanday o‘tdi?
31:29 – 300 mlrd dollarli marra
40:06 – Tarixiy va siyosiy bayonot
01:04:20 – Iqtisodiyotga pul kiritish qanday bo‘lishi kerak?
01:17:23 – “Gaz ko‘payib qolmaydi”
01:23:03 – Anons: navbatdagi mehmonlar
01:26:13 – Sud-huquq sohasi jamoatchilikka ochiq bo‘lishi kerak
01:43:42 – Qonunchilik palatasi yig‘ili...


#68 ZAFAR HOSHIMOV: FARZAND TARBIYASI, “KORZINKA” VA CHEKLARDAGI MUAMMOLAR | Lolazor podcast
#68 ZAFAR HOSHIMOV: FARZAND TARBIYASI, “KORZINKA” VA CHEKLARDAGI MUAMMOLAR | Lolazor podcast episode artwork
#68
08/16/2026

Podkastimizning 68-sonida “KorzinkaUz” supermarketlar tarmog‘i asoschisi Zafar Hoshimov mehmon bo‘ldi. Biz taniqli tadbirkor bilan farzand tarbiyasi, oilaviy qadriyatlar, Rossiya–Ukraina urushi, Korzinka’da ishlar qanday yo‘lga qo‘yilgani, raqobat, oxirgi paytlarda kuzatilayotgan cheklardagi muammolar hamda boshqa qiziqarli va dolzarb mavzularda suhbatlashdik. 

Mundarija:

00:00 – Tizer
01:58 – Boshladik
04:34 – Maktab yillari
12:46 – Tadbirkorning bo‘sh vaqti va hobbilar
28:30 – Lazizbek Hamidov – “Shuhrat” medali sohibi
31:22 – Hamma ishni o‘z professionallariga topshirish kerak
40:53 – Farzand tarbiyasida ota roli
46:42 – Armon va ota haqida she’r
48:42 – Oilaviy qadriyatlar
01:00:42 – Nega Xorazm va Qoraqalpog‘istonda Korzinka yo‘q?
01:15:42 – 365KUN brendi qanday ishlaydi?
0...


#67 DAVLAT FUTBOLGA PUL AJRATISHNI DAVOM ETTIRISHI KERAKMI? – DIYOR IMOMXO‘JAYEV | Lolazor
#67 DAVLAT FUTBOLGA PUL AJRATISHNI DAVOM ETTIRISHI KERAKMI? – DIYOR IMOMXO‘JAYEV | Lolazor episode artwork
#67
08/09/2026

Podkastizmizning 67-sonida O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev mehmon bo‘ldi. Biz u bilan “Bunyodkor” atrofidagi gaplar, klub o‘zi qanday qilib bu holatga kelib qolgani, davlat tomonidan professional futbol klublarning moliyalashtirilishi, klublarni xususiylashtirish, futbol va uning atrofidagi sohalarni bozor mexanizmiga o‘tkazish, O‘zbekistonning JChdagi ishtiroki va futbol atrofidagi boshqa masalalar haqida suhbatlashdik. 

Mundarija:

00:00 – Tizer
01:35 – Boshladik
04:53 – Superliga tarqatiladimi?
08:23 – Professional klublarga davlat pul berishi kerakmi?
38:56 – “Bunyodkor” yopilsa nima yo‘qotamiz?
41:40 – Superligada klublar soni
46:08 – Futboldagi asosiy muammolar
59:49 – Otabek Bakirovdan savollar
01:23:06 – JChdagi ishtirok haqida
01:28:59 – Bolalar futboli qan...


#66 ENDI SUYULTIRILGAN GAZ NARXI OSHADIMI? GAZLASHMAGAN HUDUDGA CHEGIRMA BERILADIMI? – Lolazor
#66
08/02/2026

Podkastimizning 66-sonida energetika sohasidagi o‘zgarishlar, gaz ochiq bozorga chiqishi, yangilangan bekatlar, shaharlar betonlashishi, viloyatlardagi o‘zgarishlar, asosiy stavka nega o‘zgarmayotgani va boshqa muhim mavzularda suhblashdik. 

Mundarija:

00:00 – Tizer
01:43 – Boshladik
02:40 – Energetika vaziri o‘zgardi
11:09 – Kommunikatsiya va shaffoflik muhim
40:41 – Gaz ochiq bozorga chiqishi haqida
46:16 – Toshkent betonlashishini nazorat qilish kerak
53:03 – Toshkentni yakkaxonlik bilan boshqarib bo‘lmaydi
54:58 – Yangi bekatlar haqida
01:20:39 – O‘qish va diplom
01:32:12 – Valyuta va naqd pul farqi milliarderlarni yaratgan
01:36:46 – Kompensatsiya undirish osonlashadi
01:42:24 – Suv masalasi bo‘yicha yaxshi qarorlar
01:52:28 – Kreditlar bo‘yicha foizlar kamayyapti
01:57:13 – Asosiy stavka neg...


#65 YANGI ALIFBO, JCHDAGI ISHTIROK TAHLILI, 1 FOIZLI KESHBEK VA MAYDA PUL MUAMMOSI
#65 YANGI ALIFBO, JCHDAGI ISHTIROK TAHLILI, 1 FOIZLI KESHBEK VA MAYDA PUL MUAMMOSI episode artwork
#65
07/12/2026

Podkastimizning 65-sonida o‘zgarayotgan alifbo, O‘zbekiston milliy jamoasining Jahon chempionatidagi ishtiroki tahlili, uning atrofida bo‘lgan voqealar, p2p o‘tkazmalari nazorati, 1 foizli keshbek bekor bo‘lishi va Bobur Mansurov o‘z vaynida ko‘targan iqtisodiy muammoni muhokama qildik. 


00:00 – Tizer
01:40 – JChdagi ishtirok tahlili
22:28 – P2P o‘tkazmalari nazorati
29:10 – Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash: “Abu Saxiy”
35:30 – 1 foizli keshbek bekor bo‘ladimi?
49:39 – Neft va elektroenergiya 
58:27 – “Qog‘ozga qarab aytilmagan gaplar”
01:03:25 – Alifbo o‘zgarishi muhokamasi
02:04:38 – Gruziya va Belarus bilan strategik hamkorlik
02:07:31 – Apple Pay va Google Pay bizga nima beradi?
02:11:09 – 39 million aholi va o‘zbek ti...


#64 O‘ZBEKISTON GURUHDAN CHIQADIMI? XAYRULLA HAMIDOV – LOLAZOR podcast
#64 O‘ZBEKISTON GURUHDAN CHIQADIMI? XAYRULLA HAMIDOV – LOLAZOR podcast episode artwork
#64
06/15/2026

Podkastimizning 64-sonida taniqli jurnalist Xayrulla Hamidov mehmon bo‘ldi (diqqat: suhbat 6-iyun kuni yozib olingan). Biz ustoz sharhlovchining Amerika safari oldidan futbol, xususan, O‘zbekiston milliy terma jamoasi, O‘zbekiston chempionati, Jahon chempionati favoritlari haqida suhbatlashdik. Bundan tashqari, podkast davomida Xayrulla Hamidovning ozodlikdan mahrum qilingan yillari, “Real” – “Barsa” fenomeni, adabiyot va boshqa qiziqarli mavzulardagi mulohazalarni ham tinglashingiz mumkin. 

00:00 – Tizer
01:56 – Boshladik!
03:45 – Xayrulla Hamidov nega bahsli mavzularga aralashmaydi?
07:50 – “Real” – “Barsa” fenomeni
11:32 – Futboldan ijtimoiy-siyosiy mavzularga
14:11 – Ozodlikdan mahrum qilingan yillardan xulosalar
21:38 – “Dadamlar ham familiyasini o‘zgartirsin unda”
27:45 – “Amnistiya – homilador erkaklar va mo‘ylovli ayollarga”
35:06 – AQShga viza olishdagi muammo
39:25 – O‘zb...


#63 UY-JOY MUAMMOSI, MTJ FORMASI, TUGATILAYOTGAN SENZURA VA ARMANISTON – Lolazor podcast
#63 UY-JOY MUAMMOSI, MTJ FORMASI, TUGATILAYOTGAN SENZURA VA ARMANISTON – Lolazor podcast episode artwork
#63
06/07/2026

Va nihoyat, bir necha oydan so‘ng “Lolazor” jamoasi to‘liq tarkibda yig‘ildi. Podkastimizning yangi sonida Toshkentdagi uy-joy oldi-sotdisi va qurilishi, ijara bozori, futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi formasi, shaharlarimizda sezilmayotgan Jahon chempionati shukuhi, kichik biznesga oid qabul qilingan qaror, Armanistondagi so‘nggi voqealar va boshqa qiziqarli mavzularda suhbatlashdik. 

Aytgancha, podkastimizning 61-sonida obunachilar e’lon qilingan tanlov natijasini ham e’lon qildik – iPhone Air g‘olibi aniqlandi. Uni video davomida ko‘rishingiz mumkin. 

Mundarija:

00:00 – Tizer
01:43 – To‘liq tarkib yig‘ildik
02:59 – Boshladik
04:54 – “Yoshlar uy ololmaydimi?”
10:15 – Qurilish emas, noto‘g‘ri qurilish ko‘paydi


#62 TARIXDAN TO‘G‘RI XULOSA CHIQARGAN NEMISLAR – Lolazor Germaniyada
#62 TARIXDAN TO‘G‘RI XULOSA CHIQARGAN NEMISLAR – Lolazor Germaniyada episode artwork
#62
05/23/2026

Lolazor jamoasi Germaniyada bo‘lib qaytdi va u yerdan tayyorlangan dastlabki videoni e’tiboringizga havola etadi. Biz bu safar odatiy formatimizdan chekinib, kuzatuvchilar uchun qiziqarli va foydaliroq kontent tayyorlashga harakat qildik. 

Ushbu video davomida 4 rezident Germaniyani 4 xil rakursdan ko‘rsatib beradi. Ularda iPhone Air yutib olish imkoniyati bor – uni qaysi rezidentga berishni esa siz hal qilasiz! Videoni tomosha qiling va bizga mukofotning haqiqiy egasini topishga yordam bering. 

Aytgancha, hali sizni Germaniyadan ko‘p qiziqarli kontentlar kutib turibdi. Ularni o‘tkazib yubormaslik uchun yangi YouTube kanalimizga obuna bo‘lib qo‘ying.

Taymkod bilan qulayroq:

00:00 – T...


# 61 “PESHLAVHALAR QIRG‘INI”, NAQDSIZ TO‘LOVLAR, 3 SMENALI MAKTABLAR VA HUSANOV EFFEKTI – Lolazor
# 61 “PESHLAVHALAR QIRG‘INI”, NAQDSIZ TO‘LOVLAR, 3 SMENALI MAKTABLAR VA HUSANOV EFFEKTI – Lolazor episode artwork
#61
03/29/2026

“Lolazor” podkasti davom etadi. Podkastimizning yangi sonida poytaxtdagi bekatlar va peshlavhalar “qirg‘ini”, naqdsiz to‘lovga o‘tish va buning narxlarga ta’siri, maktablar yetishmovchiligi va ularning yo‘llardagi tirbandlikka sababchi bo‘layotgani, o‘zbek futbol klublariga davlat budjetidan ajratilayotgan pullar va Husanov effekti haqida suhbatlashdik. Ha aytgancha, bu sonda maxsus tanlov e’lon qildik, unda ishtirok etib, iPhone AIR yutib olishingiz mumkin.  

Taymkod bilan qulayroq:

00:00 – Tizer
01:59 – Boshladik
04:11 – Tanlov: iPhone AIR yutib olishingiz mumkin!
05:33 – Tojikistonga nimalar sotyapmiz?
13:05 – Tojikistonda o‘zbekistonliklarga munosabat
15:56 – Boshqa tillardagi rus propagandasi
20:35 – Blogerlarga soliq va reklama markirovkasi
26:31 – “Chingizxon armi...


#60 QURILISH VAZIRI – BOSH REJA, RENOVATSIYA, ESKROU, NOQONUNIY QURILISHLAR HAQIDA – Lolazor podcast
#60 QURILISH VAZIRI – BOSH REJA, RENOVATSIYA, ESKROU, NOQONUNIY QURILISHLAR HAQIDA – Lolazor podcast episode artwork
#60
03/12/2026

Uzoq tanaffusdan so‘ng “Lolazor” podkasti qaytdi. 2026-yildagi dastlabki mehmonimiz Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov bo‘ldi. Biz vazir bilan oxirgi paytlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan Bosh reja, renovatsiya, shaharlarning bo‘yiga o‘sishi, noqonuniy qurilishlar, Qurilish vazirligining raqamlashtirish ishlari, qurilish kompaniyalari, yangi uy-joylar va ularning shartnomalari hamda boshqa dolzarb mavzularda suhbatlashdik.

00:00 – Tizer
02:25 – Boshladik
07:50 – Qurilishdagi yashirin iqtisodiyot
12:10 – Eskrou tizimi 
17:04 – Eskrou tizimi narx oshishiga sabab bo‘lmaydimi?
21:46 – Eskrou tizimi o‘zi nima?
28:47 – Qurilish kompaniyalari shartnomalari
37:40 – “Shaffof qurilish” platformasi haqida
41:47 – “Hozir sohada korrupsiya 90 foizga qisqargan”
45:01 – Quruvchi va vazirlik o‘rtasidagi muammo
54:04 – “Shaff...


#59 MAXSUS SON: 2026-YILDA BIZNI QANDAY O‘ZGARISHLAR KUTYAPTI? – Lolazor podcast
#59 MAXSUS SON: 2026-YILDA BIZNI QANDAY O‘ZGARISHLAR KUTYAPTI? – Lolazor podcast episode artwork
#59
01/01/2026

2026-yilning ilk “Lolazor” podkasti efirda! Biz 2025-yilning oxirgi kunlarida suratga olingan podkasti Prezidentning murojaatnomasi haqida bo‘ldi. Video davomida ushbu murojaatda qanday signallar berilgani, yangi yilda bizni qanday o‘zgarishlar kutayotgani va umidlar haqida suhbatlashdik. 

Mundarija: 

00:00 – Tizer
02:06 – Biz yana efirdamiz
04:55 – Endi o‘z kosmonavtimiz bo‘ladi
10:00 – Strategiyaga korrektirovkalar
22:50 – Endi tashqi qarzni parlament ko‘rib chiqadi
25:49 – Yashirin iqtisodiyotga qarshi qanday kurashiladi?
36:53 – “O‘ziga to‘q odam savol berishni boshlaydi”
40:51 – Mahallada demokratik elementlar ko‘proq bo‘lishi kerak
45:41 – “OpenBudget”dagi o‘zgarishlar
54:59 – Yo‘llar: transport tizimida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
01:06:16 – Kambag‘allikni qisqarti...


#58 OLTIN OSHSA, FAROVONROQ YASHAYMIZMI? Lolazor podcast
#58 OLTIN OSHSA, FAROVONROQ YASHAYMIZMI? Lolazor podcast episode artwork
#58
12/27/2025

“Lolazor” podkastining yildagi eng oxirgi sonlaridan birni suratga oldik. Ushbu sonda biz 2025-yilni sarhisob qilib, 2026-yildan umidlarimizni bildirdik. Podkast davomida biz yaponcha “tax free” tizimi, yaponcha byurokratiya va tizim sababli yuzaga keladigan qiziq holatlar, oltin oshishi va uning iqtisodiyotga ta’siri, deyarli unutilgan “Dok-1 Maks” ishi va boshqa qiziqarli mavzularda suhbatlashdik. 

00:00 – Tizer
01:55 – Korporativlar
05:09 – Yaponcha tax free tizimi
07:46 – Yaponcha byurokratiya va qiziq holatlar
14:30 – Shartnomaviy munosabatlar
22:07 – “Sudyaga kim aytgan ishdan bo‘sha deb?”
31:43 – “Dok-1 Maks ishi”
42:42 – Oltin narxi oshsa, farovonroq yashaymizmi?
50:51 – Amaldorlarni ishdan bo‘shatish jarayoni haqida
58:22 – “Yaldo kechasi”, “Qahr” va arxivlar
1:05:45 – 2025-yil sarhisobi
1:26:5...


#57 O‘TGAN SON TAHLILI, O‘ZBEKISTONNING JCHDAGI RAQIBLARI VA YO‘LLAR HAQIDA O‘YLAR. Lolazor
#57 O‘TGAN SON TAHLILI, O‘ZBEKISTONNING JCHDAGI RAQIBLARI VA YO‘LLAR HAQIDA O‘YLAR. Lolazor episode artwork
#57
12/14/2025

Lolazor podkastning navbatdagi sonida 3 kishi yig‘ildik. Biz bu safar Karim Bahriyev bilan suhbat va uning atrofida bo‘lgan gaplar, viloyatlarni bog‘lovchi magistral yo‘llardagi muammolar, shahardagi o‘rtacha tezlik haqida suhbatlashdik hamda poyezd va samolyot chiptalari narxlarini solishtirib ko‘rdik. Shuningdek, video davomida Muhrim A’zamxo‘jayevning yangi ish joyi, gazeta va jurnallarning taqdiri, ChatGPTdan foydalanish bo‘yicha layfhak boshqalar haqida bilib olishingi mumkin. 

Mundarija: 

00:00 – Tizer
01:38 – Boshladik
04:12 – O‘tgan sonni esga olamiz
15:03 – Lolazor’dagi Karimov siymosi
23:45 – “Jaloliddin Manguberdi” poyezdlari
28:28 – Poyezd va samolyot narxlarini solishtirib ko‘ramiz
39:26 – Yo‘llar haqida o‘ylar: domkrat ishlatishni bilasi...


#56 KARIM BAHRIYEV – ISLOM KARIMOV, SENZURA, “HURRIYAT” VA ZAPRETLAR HAQIDA. Lolazor podcast
#56 KARIM BAHRIYEV – ISLOM KARIMOV, SENZURA, “HURRIYAT” VA ZAPRETLAR HAQIDA. Lolazor podcast episode artwork
#56
12/07/2025

Lolazor podkastining navbatdagi sonida taniqli jurnalist, yozuvchi va sobiq deputat Karim Bahriyev mehmon bo‘ldi. Biz u bilan Islom Karimov shaxsiyati, uning faoliyati, senzuralar va senzorlar, “Hurriyat” gazetasi tarixi, matbuot, adabiyot, ta’qiqlar va boshqa qiziqarli mavzularda suhbatlashdik. 


#55 “PANDEMIYA REJIMI”GA QAYTISH, OSHKORA TOVBA QILISH VA OZARBAYJONNING MO GA QO‘SHILISHI – Lolazor podcast
#55 “PANDEMIYA REJIMI”GA QAYTISH, OSHKORA TOVBA QILISH VA OZARBAYJONNING MO GA QO‘SHILISHI – Lolazor podcast episode artwork
#55
12/01/2025

“Lolazor” podkastining navbatdagi, 55-sonini suratga oldik. ChatGPT mehmonimizga aylangan epizodimizda biz Toshkentdagi ekologik vaziyat, sabab va oqibatlarni tushunish, ingliz huquqlari asosida ishlovchi hudud nima ekani, universtitetlar shahardan tashqariga ko‘chirilishi va ularning binolari sotilishi, persona non grata ro‘yxatini tezroq shakllantirish, Javohir Sindarov va “Neftchi” chempionliklari hamda boshqa qiziqarli mavzulardan suhbatlashdik. 

Mundarija: 

00:00 – Tizer
01:40 – Boshladik
05:00 – Bugun chatgpt mehmonimiz
08:40 – Qobil aka, qayerdasiz?
10:12 – Ekologiya: nimalar bo‘lyapti?
14:59 – Qo‘mitalar hisobdorligi
20:18 – Ingliz huquqi asosidagi hudud nima degani?
30:56 – Hokimlar saylovi: o‘ngmi yoki tush?
32:14 – Shahardan tashqaridagi kampuslar haqida
39:47 – Shahardagi universitetlar binosi qanday sotilishi kerak?
42:45 – Ahol...


#54 AHOLINI RO‘YXATGA OLISH, HAMMANI “AKA, AKA” DEYISH VA BOLALAR PULINI KESMASLIK HAQIDA – Lolazor
#54 AHOLINI RO‘YXATGA OLISH, HAMMANI “AKA, AKA” DEYISH VA BOLALAR PULINI KESMASLIK HAQIDA – Lolazor episode artwork
#54
11/30/2025

Biroz tanaffusdan so‘ng yana podkast suratga oldik. Bu safar uch kishi yig‘ilib, ko‘p mavzularni muhokama qildik. Jumladan, o‘lim jazosining ikkinchi tarafi, Markaziy Osiyoda suv va energiya masalasi, ijtimoiy davlat qanday bo‘lishi kerakligi, davlat birinchi marta ifloslangan havodan ogohlantirgani, hammani “aka-aka” deyish kerakligi va boshqa qiziqarli mavzularda suhbatlashdik. Mundarija:

00:00 – Tizer

01:40 – Podkastimiz boshlangan

03:04 – Katta va kichkina kanallar

06:27 – IIO xodimlari obro‘si haqida

16:36 – O‘lim jazosining boshqa tomoni

29:33 – Markaziy Osiyoda suv va energiya masalasi

43:25 – AQSh bilan qanday kelishuvlar bo‘ldi?

50:50 – Saylov haqida film

52:55 – Ijtimoiy d...


#53 YEVROPAGA VIZA OSONLASHADI, LOTINGA-KU OʻTYAPMIZ, LEKIN YOMGʻIR YOʻQ, YOMGʻIR. Lolazor podcast
#53 YEVROPAGA VIZA OSONLASHADI, LOTINGA-KU OʻTYAPMIZ, LEKIN YOMGʻIR YOʻQ, YOMGʻIR. Lolazor podcast episode artwork
#53
10/26/2025

Qatorasiga bir necha marta mehmonli sonlar o‘tkazgandan so‘ng o‘zimiz suhbatlashishga qaror qildik. Lolazor podkastining 53-sonida biz turli mavzularda gaplashdik, xususan, Yevropaga viza masalalari osonlashishi, sun’iy intellekt va undagi o‘zbek tili, 1000KITOB’ning uzoq kutilgan kitoblari, Yevropada skuterlarga haydovchilik guvohnomasi olish tartibi haqida gap bordi. Va albatta, deyarli an’anaga aylanganidek, bu safar ham alifboni ham unutmadik. 


#52 OLDINGI VA HOZIRGI ADABIYOT, O‘ZBEK TILI VA BUGUNGI JAMIYAT – ULUG‘BEK HAMDAM. Lolazor podcast
#52 OLDINGI VA HOZIRGI ADABIYOT, O‘ZBEK TILI VA BUGUNGI JAMIYAT – ULUG‘BEK HAMDAM. Lolazor podcast episode artwork
#52
10/19/2025

Lolazor podkastining 52-sonini ham mehmon bilan o‘tkazishga qaror qildik. Bu safargi mehmonimiz yozuvchi va tarjimon Ulug‘bek Hamdam. Biz u bilan adabiyot, she’riyat, yozuvchi va mualliflar, o‘zbek adabiyoti va o‘quvchisining hozirgi holati, zamonaviy yozuvchilar, o‘zbek tili hamda bugungi jamiyatning tashxisi haqida suhbatlashdik. 

Taymkod:

00:00 – Tizer
01:41 – Boshladik
03:17 – Lolazor bo‘lsa nima-yu, bo‘lmasa nima?
08:37 – “Yozuvchi har doim ishlaydi”
10:28 – Bugungi zamon haqidagi “To‘rtko‘cha” kitobi
14:52 – “Hozir adabiyot, she’riyat davri emas”
26:37 – Mustaqillik davridagi adabiyot
34:10 – “Buyuk adabiyotni buyuk o‘quvchilar paydo qiladi”
38:58 – Adabiyot va mafkura
50:55 – Jadidlar. Tuhmat, tushunish va oqlash
1:01...


#51 AQSHGA TASHRIF, JURNALISTIKA VA KARIMOV DAVRIDAGI FAOLIYAT — SHERZODXON QUDRATXOʻJA. Lolazor
#51 AQSHGA TASHRIF, JURNALISTIKA VA KARIMOV DAVRIDAGI FAOLIYAT — SHERZODXON QUDRATXOʻJA. Lolazor episode artwork
#51
10/06/2025

“Lolazor” podkastining navbatdagi sonida O‘zJOKU rektori va Milliy media assotsatsiyasi raisi Sherzodxon Qudratxo‘ja mehmon bo‘ldi. Biz u bilan Prezidentning AQShga tashrifi, hozirgi va avvalgi jurnalistika, Press klub, Islom Karimov va uning davridagi faoliyati hamda boshqa mavzularda suhbatlashdik. 


#50 ISLOM KARIMOV, “HURRIYAT”, ADABIYOT VA FUTBOL — XURSHID DOʻSTMUHAMMAD BILAN SUHBAT — Lolazor podkast
#50 ISLOM KARIMOV, “HURRIYAT”, ADABIYOT VA FUTBOL — XURSHID DOʻSTMUHAMMAD BILAN SUHBAT — Lolazor podkast episode artwork
#50
09/28/2025

Bu – “Lolazor” podkastining 50-soni. Biz ushbu yubiley songa yozuvchi, jurnalist Xurshid Do‘stmuhammadni mehmon sifatida taklif etdik. Video davomida birinchi prezident davri, u bilan xotiralar, “Hurriyat” gazetasi bosh muharrirlidagi qiziq voqealar, adabiyot va yozuvchilar, futbol va boshqa qiziqarli mavzularda suhbatlashdik. 

Bu safargi sonning yana bir e’tiborli jihati shundaki, ushbu sonda barcha rezidentlar ishtirok etdi – “to‘y to‘ydek bo‘ldi”.


#49 YO‘LLAR, TA’LIM TIZIMIDAGI O‘ZGARISHLAR, IJTIMOIY HIMOYA TIZIMI HAQIDA O‘YLAR – Lolazor podcast
#49 YO‘LLAR, TA’LIM TIZIMIDAGI O‘ZGARISHLAR, IJTIMOIY HIMOYA TIZIMI HAQIDA O‘YLAR – Lolazor podcast episode artwork
#49
09/14/2025

Qisqa tanaffusdan so‘ng “Lolazor” podkasti qaytdi. Bu safar O‘zbekiston yo‘llari, Olmaota va Toshkent infrotuzilmasi, ijtimoiy himoya tizimidagi muammolar, ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar, ismli avtoraqamlar va boshqa dolzarb mavzular haqida suhbatlashdik. Shuningdek, Muhrim A’zamxo‘jayev “gul voqeasi” bo‘yicha rasmiy munosabat berdi. 


#48 VAZIRLIKLARDA KO‘PROQ VAKOLAT VA MUSTAQILLIK BO‘LISHI KERAK – ODILBEK ISAKOV | Lolazor podcast
#48 VAZIRLIKLARDA KO‘PROQ VAKOLAT VA MUSTAQILLIK BO‘LISHI KERAK – ODILBEK ISAKOV | Lolazor podcast episode artwork
#48
08/25/2025

Podkastimizning navbatdagi soni mehmoni – “Finasia Capital” konsalting kompaniyasi rahbari, sobiq moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isakov bo‘ldi. Biz mehmon(lar) bilan UZIMEI, bojlar, banklar transformatsiyasi, iqtisodiy o‘zgarishlar, Isakovning Buyuk Britaniyadagi faoliyati va hayoti haqida suhbatlashdik. 


#47 TARIX DARSLIGIDA ISLOM KARIMOVNING O‘LIMI HAQIDA NIMA DEYILGAN? – Lolazor podcast
#47 TARIX DARSLIGIDA ISLOM KARIMOVNING O‘LIMI HAQIDA NIMA DEYILGAN? – Lolazor podcast episode artwork
#47
08/17/2025

Lolazor podkastining navbatdagi soni maxsus mehmoni – Otabek Bakirov. Biz bu safar tarix, raqamlashtirishdagi muammolar, iqtisodiyot raqobatbardoshligi, shaharda tezlik 80 km/sgacha ko'tarilishi va boshqa qiziqarli mavzularda suhbatlashdik hamda talab va taklif qonuniyatining amaliy misollarda ko'rib chiqdik.


#46 IZOHLARGA JAVOBLAR, “ENERGOHANGOMALAR” VA HAFTA MAVZULARI — Lolazor podcast
#46 IZOHLARGA JAVOBLAR, “ENERGOHANGOMALAR” VA HAFTA MAVZULARI — Lolazor podcast episode artwork
#46
08/03/2025

“Lolazor” podkastining 46-sonida sizlar yozgan izohlarni ko‘proq o‘qishga harakat qildik, shuningdek, xususiy universitetlar, futbol, sun’iy intellekt, podkastdagi ehtimoliy o‘zgarishlar va hokazolar haqida suhbatlashdik. Va albatta, “qadrdon” mavzular – yo‘llardagi muammolar va energetika haqida ham unutmadik.


#45 Daraxt kesish, qurilish bozoridagi lobbizm, GPT-qarorlar va yana yo‘llar – Lolazor podcast
#45 Daraxt kesish, qurilish bozoridagi lobbizm, GPT-qarorlar va yana yo‘llar – Lolazor podcast episode artwork
#45
07/20/2025

“Lolazor” podkastining 45-sonida ko‘plab talab va istaklarga binoan Otabek Bakirov mehmon bo‘ldi. Biz ushbu sonda daraxtlar qadri, qurilish bozoridagi lobbizm va palapartishliklar, tungi iqtisodiyot, AI-80 benzinidan voz kechish, “GPT-qarorlar”, YHXga oid yaxshi/yomon o‘zgarishlar va ko‘plab boshqa mavzularda suhbatlashdik.


#44 ROSSIYA-OZARBAYJON, TOSHKENT QURILISHLARI, PREZIDENT VA YOSHLAR – Lolazor podcast
#44 ROSSIYA-OZARBAYJON, TOSHKENT QURILISHLARI, PREZIDENT VA YOSHLAR – Lolazor podcast episode artwork
#44
07/06/2025

“Lolazor” podkastining 44-sonida Yangi va eski Toshkent, turli hududlardagi qurilishlar, Rossiya va Ozarbayjon o‘rtasidagi ziddiyat, Klublar o‘rtasidagi JCh, IIB xodimlari imidji, Prezidentning yoshlar bilan uchrashuvi va yana ko‘plab boshqa mavzularda suhbat qurdik.


#43 O‘ZGA SAYYORALIK YAPONLAR — Lolazor Yaponiyada
#43 O‘ZGA SAYYORALIK YAPONLAR — Lolazor Yaponiyada episode artwork
#43
06/15/2025

Lolazorning navbatdagi soni Yaponiyaning Tokio va Osaka shaharlarida suratga olindi. Unda biz O‘zbekistonning Expo-2025 dagi ishtiroki va noyob paviloni, ikkala yurtni bog‘lab turadigan madaniy rishtalar va yaponlarning nafaqat biz, balki butun dunyodan ilgarilab ketgan jihatlarini muhokama qildik.


#42 ELITAR KORRUPSIYA KUCHAYDIMI YOKI MAISHIY KORRUPSIYA? — Lolazor podcast
#42 ELITAR KORRUPSIYA KUCHAYDIMI YOKI MAISHIY KORRUPSIYA? — Lolazor podcast episode artwork
#42
05/11/2025

“Lolazor” podkastining 42-soni mehmoni “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining 2010-2017-yillardagi rahbari Bahodir G‘aniyev bo‘ldi. Bahodir aka bilan “Kamolot” davri, deputatlik saylovidagi o‘yinlar, ta’lim tizimi, davlat ishidagi stresslar, elitar va maishiy korrupsiya, to‘ylardagi isrofgarchilik, Lavrovning hurmatsizligi, bolalar tarbiyasidagi og‘riqli muammolar va yana ko‘plab mavzularda suhbatlashdik.


#41 ROSSIYA MULOZIMI BIZGA NIMA QILISHNI O‘RGATISHGA HAQQI YO‘Q — Lolazor podcast
#41 ROSSIYA MULOZIMI BIZGA NIMA QILISHNI O‘RGATISHGA HAQQI YO‘Q — Lolazor podcast episode artwork
#41
04/27/2025

“Lolazor” podkastining 41-sonida O‘zbekiston U-17 terma jamoasining chempionligi, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning O‘zbekistonga tashrifi, BAA vizasiz rejimni bekor qilishi mumkinligi, Namanganda radarlar yechilayotgani, jamoatchilik nazoratiga intilishimiz kerakligi, xususiylashtirish to‘g‘risidagi dasturning tasdiqlangani va yana boshqa ko‘plab mavzularda suhbat qurdik.


#40 BOJLAR BO‘YICHA YANGI NORMALAR, AVIACHIPTALAR MUAMMOSI, PULLIK PARKOVKALAR — Lolazor podcast
#40 BOJLAR BO‘YICHA YANGI NORMALAR, AVIACHIPTALAR MUAMMOSI, PULLIK PARKOVKALAR — Lolazor podcast episode artwork
#40
04/23/2025

“Lolazor”ning 40-soni mehmoni iqtisodchi Behzod Hoshimov bo‘ldi. Behzod bilan tovarlarni bojxona to‘lovisiz olib kirish normalari kuchaytirilayotgani, avia soha muammosi, parkovkalar masalasi, Toshkentdagi o‘zgarishlar, viza hamda migratsiya masalalari va yana ko‘plab mavzularda suhbat qurdik.


#39 SHU YANGAMGA SHU POCHCHAM. JARIMALARDAN MAQSAD — FAQAT PUL TUSHIRISHMI? — Lolazor podcast
#39 SHU YANGAMGA SHU POCHCHAM. JARIMALARDAN MAQSAD — FAQAT PUL TUSHIRISHMI?  — Lolazor podcast episode artwork
#39
04/13/2025

Uzoq muddatli tanaffusdan so‘ng “Lolazor”ning 4-mavsumini boshladik. Sizlarni sog‘inib qolgan edik. 

Bugungi sonda biz Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo mamlakatlariga nisbatan munosabatining o‘zgarishi, AQSH prezidenti Markaziy Osiyoning qaysi mamlakatiga tashrif buyurishi mumkinligi, paxta, mashina mavzulari, radarlar, antixitoy isteriyasi va yana ko‘plab mavzularda suhbatlashdik.


#38 O‘ZGA SAYYORALIKLAR YERGA KELADI. 2024-YIL YAKUNLARI VA 2025 DAN KUTILMALAR — Lolazor podcast
#38 O‘ZGA SAYYORALIKLAR YERGA KELADI. 2024-YIL YAKUNLARI VA 2025 DAN KUTILMALAR — Lolazor podcast episode artwork
#38
12/29/2024

“Lolazor” podkastining 38-sonida ortda qolayotgan 2024-yilning sarhisobini qildik, yil qaysi sohalar uchun sinovli kelgani haqida suhbatlashdik. Shuningdek, podkast davomida energetikada tarif islohoti, elektromobillarni zaryadlash shoxobchalari, elektroenergiyadagi subsidiyalar, ta’lim tizimi, Dok-1 Maks ishi, 2025-yildan kutilmalar, o'zga sayyoraliklarning Yerga kelishi, Marsga uchish va yana boshqa mavzularga to‘xtalib o‘tildi.